French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshariq tumanida 2,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
14:43 / 2026-01-15

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida galdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda aniqlanishicha, tumanning Boy mahallasida yashovchi fuqaro B.D.ga qarashli umumiy ovqatlanish manzilida yashirin tarmoq orqali gaz so‘rgich moslamadan foydalanib, tabiiy gazni noqonuniy ishlatib kelingan.

“Xududgaz Farg‘ona” GTFning komplayens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” va huquq-tartibot organlari mas’ullari hamkorligida mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 430 million so‘mlik gaz hajmlari qayta hisoblangan.

Shuningdek, B.D.ning farzandiga tegishli ovqatlanish maskanida ham tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlanib, 678 million 386 ming so‘mlik zarar hisoblandi.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, hozirgi kunda ikki vaziyatga oid hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA