Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh yulduzli Samarqand davlat universiteti jahon reytinglarida yuqoriladi
15:48 / 2025-06-18

Samarqand davlat universiteti 2024 yilda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, QS Stars reytingida 5 yulduzni qo‘lga kiritgan va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qo‘shilgan edi.

Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking – 2025 yil natijalari e’lon qilindi. 

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur nufuzli reytingda  dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy oldi. 

2024 yilda ushbu reytingda universitetimiz ilk bor TOP-1000 universitetlar qatoriga kirgan edi.

Samarqand davlat universiteti, shuningdek, Toza suv va sanitariya (SDG6) va Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash (SDG15)yo‘nalishlarida dunyoning TOP-100 universitetlari ro‘yxatiga ham kiritildi.

Ma’lumot uchun Impact Ranking — bu Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilinadigan universitetlar reytingi bo‘lib, u universitetlarning BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari (SDG) bo‘yicha qanday ishlayotganini baholaydi. 2025 yilda mazkur reytingda dunyoning 130 mamlakatidan 2526 universitet ishtirok etgan.

O‘zA