English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh yillik muammo hal etildi
17:51 / 2023-02-07

Buxoro viloyati Kogon shahrida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanov ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Unda Kogon shahri va tumani hamda Qorovulbozor tumani fuqarolari ishtirok etdi.

Aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, murojaatlarini tinglash va joyida hal etish sektorlarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Ayni shu maqsadda o‘tkazilgan sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari tinglandi. Sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.  

– Mahallani toza ichimlik suv bilan ta’minlovchi tarmoq nosoz ahvolga kelib qolganligi hamda uni ta’mirlashga amaliy ko‘mak berishni so‘rab murojaat qildim, – deydi Kogon tumani “Hukumatobod” mahallasida yashovchi Ahad Saidov. –Murojaatim sektor ishchi guruhi tomonidan atroflicha o‘rganilib, kerakli mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.  

Sayyor qabulda nafaqat Kogon hamda Qorovulbozor tumanlaridagi fuqarolar balki Buxoro shahar fuqarolari ham qatnashdi.  

– 30 yildan buyon Buxoro shahar “Furqat” ko‘chasida istiqomat qildim, – deydi fuqaro Gulandon Farmonova. Honadonim buzilishga tushib o‘rniga ko‘p qavatli uy-joy ko‘tarildi. Achinarlisi, quruvchi besh yildan buyon kompensatsiya pullari to‘lab bermadi. bugungi sayyor qabulda ushbu muammom hal bo‘ldi. Quruvchi tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan 360 million so‘mga yaqin kompensatsiya pullari qonuniy tarzda undirib berildi.  

Shu kuni sayyor qabulda shu kabi fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ishsizlikni bartaraf etish, qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, uy-joy ajratish yuzasidan masalalar ko‘tarildi.

Har bir murojaat tegishli soha mas’ullari ishtirokida keng muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha muddat belgilanib, ijrosi viloyat 4-sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, fuqarolarga murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Zarif Komilov, O‘zA