English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh yilda meva va yong‘oqlar eksporti geografiyasi 18 mamlakatga kengaygan – PMTI tahlili
11:44 / 2023-02-27

2017-2022 yillarda meva va yong‘oqlar eksporti qiymati 1,5 barobar oshdi. 2017 yilda eksport hajmi 417,2 million AQSH dollarni, 2022 yilda esa bu ko‘rsatkich 618,6 million AQSH dollarni tashkil etgan.

Ayniqsa, bu yillarda tarvuz, olcha, qulupnay, anjir va quritilgan olma eksporti juda tez sur’atlar bilan o‘sgan.  

2022 yilda meva va yong‘oqlar eksporti tarkibida sarxil uzum eng katta ulushga, ya’ni 31,7 foizga ega bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinni mayiz, uchinchi o‘rinni shaftoli egallagan. Undan keyingi o‘rinlarni xurmo, gilos, olxo‘ri, qovun, tarvuz, yong‘oq kabi mahsulotlar egallaydi.  

Ahmiyatlisi, 2017-2022 yillarda meva va yong‘oqlar eksporti geografiyasi Belgiya, Jazoir, Meksika, Braziliya, Slovakiya kabi yana 18 ta mamlakatga kengaydi. An’anaviy eksport bozorlari beshtaligini Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy  va Turkiya tashkil etadi.  

 

O‘zA