“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari boshqarmasi va Sport ishlari boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini tezlashtirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqalar 13 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazildi.


Do‘stona va yuqori kayfiyatda o‘tgan musobaqalarda har bir ishtirokchi g‘alaba uchun astoydil harakat qildi va o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.


Yakunda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan para sportchilar hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri