FOTOREPORTAJ
Sportni rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida ilk bor tashkil etilgan “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda hududiy bosqichlarda g‘alaba qozongan 140 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan o‘g‘il-qiz sportning para stol tennisi, para yengil atletika, para shaxmat, para shashka hamda kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordi.
[gallery-10032]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan medal, maxsus kubok, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdulla Aslonov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA