Buxoro viloyatida Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida qizlar o‘rtasidagi voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
“Olimpiya zaxiralari sport kolleji” hamda “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazilgan yakuniy bosqichda 280 nafar ishtirokchi 2 ta yosh 16-21, 22-26 toifasida o‘zaro kuch sinashdi.
Jumladan, 16-21 yosh toifasida 1-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani “Madaniyat” MFY, 2-o‘rin Surxandaryo viloyati Denov tumani “O‘zgarish” MFY hamda 3-o‘rin Toshkent viloyati Ohangaron shahri “Mustaqillik” MFY jamolariga nasib qildi.

22-26 yosh toifasida 1-o‘rinni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Do‘rmon” MFY, 2-o‘rinni Toshkent viloyati Ohangaron shahri “Yoshlik” MFY va 3-o‘rinni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani, “Buyuk ipak yo‘li” MFY jamoalari qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voleybol musobaqasi g‘oliblari ham aniqlandi.
“Samo” sport saroyi hamda Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasida o‘tkazilgan yakuniy bosqichda 280 nafar ishtirokchi 2 ta yosh 16-21 va 22-26 toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

Jumladan, 16-21 yosh toifasida 1-o‘rinni Andijon viloyati Marhamat tumani “Do‘stlik” MFY, 2-oʻrinni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Ko‘ksor” MFY, 3-o‘rinni Toshkent shahar Mirobod tumani “Istiqlolobod” MFY egalladi.
22-26 yosh toifasida 1-o‘rin Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani “Mash’al” MFY, 2-o‘rin Surxondaryo viloyati Sherobod tumani “Boybuloq” MFY, 3-o‘rin Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Nurafshon” MFY jamoalariga nasib qildi.
O‘zA