Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning Toshkent shahar bosqichidan fotoreportaj
21:22 / 2025-06-17

Bugun poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa mahalla yoshlarining 16 yoshdan 21 yoshgacha hamda 22 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.

Final bosqichida Sergeli hamda Yunusobod tumanlarining voleybolchilari ishtirok etdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuv Sergeli tumani jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

[gallery-23933]

O‘g‘il bolalar bahsida ham xuddi shu jamoalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqi uchun maydonga tushdi. Qizg‘in o‘tgan uchrashuvda Yunusobod jamoasi g‘olib, deb topildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichida Sergeli tumani ayollar jamoasi hamda Yunusobod tumani erkaklar jamoasi yo‘llanmaga ega bo‘ldi. 

Final bahslaridan so‘ng, g‘olib va sovrindor jamoalar taqdirlandi. Shuningdek, turli nominatsiyalarda g‘olib, deb topilgan sportchilarga ham mukofotlar topshirildi.

 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA