Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi boshlanmoqda
12:12 / 2023-08-15

Joriy yilning aprel-iyun oylarida yurtimizda o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” birinchi mavsumidagi musobaqalarda 3 million 500 ming nafar yosh ishtirok etdi. Shiddatli bellashuvlar natijasida 2 254 nafar iqtidorli sportchi saralab olindi.

Kuni kecha Yoshlar siyosati va sport vazirligi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi sentyabr oyidan boshlanayotgani haqidagi xabarni hamda mazkur tadbirlar doirasidagi tanlovlar shartlarini e’lon qildi.  

Unga ko‘ra, joriy yilning sentyabr – dekabr oylarida “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” tanlovi,“Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol musobaqasi, “Bosh prokuror kubogi” uchun kurash musobaqasi, shuningdek, gimnastrada musobaqasi, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishga oid “Yosh kitobxon” tanlovi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini, shu bilan bir qatorda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Paralimpiada” sport musobaqalari tashkil etilishi belgilandi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA