Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi”da farg‘onalik yoshlar faol ishtirok etadi
09:31 / 2022-11-23

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 313 nafar yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarining Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ularning 8 nafari parasport turlari bo‘yicha bellashadi. Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqishga muhim e’tibor qaratilmoqda. Ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilanib, hududlarda barcha sharoitlar yaratilmoqda.  

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarining 1-mavsumida erishilgan natijalar bo‘yicha Farg‘ona viloyati Respublikada umumiy hisobda 2-o‘rinni qayd etdi. Bundan tashqari, erishilgan ushbu natijalar evaziga g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning yashash hududlariga jami 24 ta sport maydonchalari qurilishi uchun sertifikatlar qo‘lga kiritildi.  

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov final bosqichiga yo‘l olgan yoshlar bilan uchrashdi, ularga omad tiladi. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichiga yo‘llanma olgan yoshlarga sport formalari majmualari topshirildi.  

M.Sulaymonov,  

O‘zA