Qarshi shahridagi “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarning iste’dodi, qiziqishi va salohiyatini birlashtirgan yirik tadbir bo‘ldi. Festival yoshlarga bilim, ma’naviyat, sport, san’at va texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlar ochdi.
Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalari targ‘iboti festival doirasida amalga oshirildi. Ushbu loyihalar yoshlarni innovatsion fikrlashga, tashabbuskorlikka va jamiyatda faol bo‘lishga undadi. Shuningdek, “Yoshlar ovozi” tanlovi ishtirokchilari tomonidan milliy maqomlar va san’at namunalari taqdim etildi, milliy kiyimlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Intellektual sinovlar “Zakovat” va munozara musobaqalari yoshlarning fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi. Sport turlari bo‘yicha shaxmat, shashka, futbol va boshqa musobaqalarda yoshlar o‘z iqtidorini namoyish etdi.
[gallery-25299]
Ma’naviyat targ‘iboti doirasida “Kitoblar karvoni” loyihasi asosida ma’naviy boylikni ifoda etuvchi kitoblar tarqatildi. Bolalar tashkiloti sardorlari yoshlar o‘rtasida “Jasorat”, “Ildiz” va “Yashil makon” kabi loyihalarni targ‘ib qildi, shuningdek, yoshlar sardorlari saylovi o‘tkazildi.
Festivalga maxsus otlar tomoshasi va harbiy texnikalar ko‘rgazmalari yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirdi. Kechki shou-gala konsertda mashhur san’atkorlar qatnashdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarning ijodkorligi, bilimdonligi va vatanparvarligi rivojiga hissa qo‘shib, ular uchun unutilmas taassurotlar qalbini boyitdi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari