French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi”: stritbol bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi
16:06 / 2025-07-25

Andijon va Samarqandda O‘zbekiston sport vazirligi va qator tashkilotlar tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol bo‘yicha viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida o‘tkazilgan stritbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda 16-21 yosh toifasida Oltinko‘l, Izboskan va Andijon tumani jamoalari shohsupaga ko‘tarildi. 22-30 yosh toifasida esa Oltinko‘l, Shahrixon hamda Izboskan tumanlari kuchli uchlikdan joy oldi. 

Samarqandning mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tgan 16-21 yosh toifasidagi stritbol musobaqasida viloyatning barcha hududlaridan kelgan 16 ta jamoa murosasiz bahs olib bordi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahri jamoasi erkaklar orasida, Payariq tumani esa ayollar orasida birinchi o‘rindan joy oldi. 

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar musobaqaning respublika bosqich yo‘llanmasi, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA