English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi
18:26 / 2023-09-20

Yoshlar siyosati va sport vazirligida Respublika “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining 2-mavsumi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda qayd etilganidek, musobaqalar Prezidentimizning  2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida o‘tkazilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi musobaqalari joriy yilning sentyabr oyidan dekabr oyigacha o‘tkaziladi.    

[gallery-13647]

Olimpiada mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, milliy kurash va gimnastrada turlari bo‘yicha besh bosqichda, ya’ni ko‘cha – mahalla – sektor – tuman – hudud va respublika bosqichida bo‘lib o‘tadi.  

Jumladan, maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning shashka, yengil atletika, stol tennisi, mini futbol, voleybol, quvnoq startlar turlari bo‘yicha 3 bosqichda: sinflararo maktab, maktablararo tuman/shahar va hududiy final shaklida  o‘tkaziladi.  

Professional ta’lim tizimi o‘quvchilari o‘rtasida sportning shashka, shaxmat, voleybol turlari o‘g‘il va qizlar o‘rtasida 3 bosqichda, jumladan, sektor, tuman/shahar va hududiy final shaklida  o‘tkaziladi. 

Professional ta’lim tizimi o‘quvchilari o‘rtasida sportning shashka, shaxmat voleybol turlari bo‘yicha 3 bosqichda, sektor, tuman/shahar va hududiy final shaklida  o‘tkaziladi.  

Sport turlari bo‘yicha “A-liga’’ “V-liga” va “S-liga” yo‘nalishlarida respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan mahalla jamoalari hamda yakka tartibdagi sportchilar Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan taqdirlanadi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

Otabek Mirsoatov,(surat)

O‘zA