French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi": Samarqand jamoasi g‘olib
15:37 / 2025-09-09

Poytaxtimizdagi "Jar" sport-sog‘lomlashtirish majmuasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida gimnastradaning final bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, sport vaziri Adham Ikramov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Go‘zal Mo‘minova hamda xalqaro ekspertlar qatnashdi. Mamlakatimizda tizimli tarzda tashkil etib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” iqtidorli yoshlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. 

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari tarkibidagi 150 nafardan ortiq qizlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi. 

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida gimnastradaning finali sarhisobiga ko‘ra, Toshkent shahri va Jizzax viloyati jamoalari sovrindorlikka erishgan vaziyatda Samarqand viloyati jamoasi shohsupaning eng yuqori qismidan joy egalladi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA