Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi” Qashqadaryoda start oldi
12:25 / 2026-02-23

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning navbatdagi mavsumi Qashqadaryo viloyatida rasman boshlandi. Nufuzli yoshlar harakatining yangi mavsumi tantanali ochilish marosimi va ko‘tarinki ruhdagi konsert dasturi bilan ochildi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar yangi mavsumni katta ishtiyoq, yuksak kayfiyat va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy ishonch bilan qarshi oldi. Joriy mavsumda mahalla yoshlari 23 ta turli sport musobaqalari va tanlovlarda o‘zaro bellashib, o‘z salohiyati, mahorat va iqtidorini namoyon etadi. Qayd etilishicha, ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 5tashabbus.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda va barcha yoshlar faol ishtirok etishga chorlanmoqda.

Qashqadaryo viloyatida 2025-yilda qo‘lga kiritilgan natijalar yoshlarning salohiyati va qat’iyatini yaqqol namoyon etdi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, viloyat yoshlari 9 ta oltin, 10 ta kumush va 9 ta bronza medalni qo‘lga kiritib jami 28 ta medal bilan umumjamoa hisobida yuqori natijaga erishdi. Bu ko‘rsatkichlar hududda yoshlar siyosati, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish, ommaviy sportni qo‘llab-quvvatlash va iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasidir.

[gallery-27809]

Shuningdek, o‘tgan yilgi natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar istiqomat qiladigan mahallalarda Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 3 milliard 270 million so‘mlik 15 ta zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish belgilangan. Bu esa yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, Besh tashabbus olimpiadasi nafaqat sport musobaqalari majmuasi, balki yoshlarning jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli harakat hisoblanadi. Yangi mavsumda Qashqadaryo yoshlari yanada yuqori marralarni zabt etish, o‘tgan yilgi natijalarni mustahkamlash va yaxshilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari