English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh  tashabbus olimpiadasi” ommalashmoqda
09:32 / 2024-02-10

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari va tuman,shahar bo‘limlarining 200 nafardan ziyod mas’ul xodimi qatnashdi. 

Seminarda asosiy e’tibor “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi mavsumini samarali tashkil etish borasidagi muhim vazifalarga qaratildi. Bunda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha mahalla yoshlari, maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv  yurtlari va professional  ta’lim  muassasalarining talabalari, tashkilotlar xodimlarini  qamrab olish  rejalashtirilgan.  

Ta’kidlash lozimki, Respublikada  g‘olib bo‘lgan jamoalar uchun ularning mahallalarida shu kungacha 735 ta namunaviy sport maydonchasi qurib berildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” tizimi yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p bo‘lmasa-da, yoshlar va sport harakati yagona tizimga birlashtirildi. Lekin bu boradagi ayrim ishlarda sustkashliklar borligi ham ko‘zga tashlanayotgani sir emas.  

Seminar ishtirokchilariga “Besh tashabbus olimpiadasi”ga qatnashuvchilarni maxsus portal orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tushuntirildi. Aytish joizki, loyiha doirasida  madaniyat va san’at, sport musobaqalari, IT, kitobxonlik, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Ibrat” chet tillari, kasb tanlovlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun “Paralimpiya” sport o‘yinlarini tashkil etish maqsad qilingan.  

Ma’lumot uchun: “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida ishtirok etish uchun 10 fevraldan boshlab  ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Unda jami 26 ta tanlov va sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi. 

Seminarda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar o‘rganilib, shu asosda joylarda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.  

A.Musayev, O‘zA muxbiri