English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi”: musobaqa yoshlarga nima beradi?
14:31 / 2022-04-13

Joriy yilning 1 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda bir nechta mas’ul idora va tashkilotlarga mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birga yil davomida 6 million nafar o‘g‘il-qizlarni ommaviy sport tadbirlariga qamrab olish, buning uchun 10 apreldan boshlab, mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish kabi bir qancha vazifalar qo‘yildi.

Mazkur vazifalar ijrosi hamda bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i Indira Xoldorova bilan suhbatlashdik.

– Dastlab, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini o‘tkazish tartibi, uning yoshlarimizni ommaviy sportga keng jalb qilishdagi ahamiyati haqida to‘xtalsangiz.

– O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi tomonidan ham yig‘ilishda berilgan topshiriqlar yuzasidan maxsus dastur tuzilib unga ko‘ra, tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sportni rivojlantirish vazirligi va yana bir qator vazirliklar bilan hamkorlikda aprel oyidan yangi loyiha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi.

Olimpiada doirasida yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida 9 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Xususan, futbol, mini-futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stritbol va yengil atletika kabi sport turlari bo‘yicha yoshlarimiz mahallalarda shug‘ullanishadi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla, tuman, shahar, xududlar hamda respublika bosqichida o‘tkazilishi belgilangan.

Respublikamizning chekka hududlarida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi va mazkur olimpiadada qatnashishlari uchun qanday sharoitlar yaratilmoqda?

– “Besh tashabbus olimpiadasi” barcha ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib borilmoqda. Shuningdek, yoshlarimiz uchun beshtashabbus.uz sayti joriy etilgan. Yoshlarimiz manashu saytdan ro‘yxatdan o‘tib o‘zlari istagan sport turi bo‘yicha musobaqalarga qatnashishlari mumkin. Jumladan, tanlov, intellektual o‘yinlarga arizalarini topshirib, olimpiada yoki olimpiada doirasidagi sport musobaqalarida ishtirok etishi mumkin.

Chekka hududlardagi hamma yoshlarning saytga ulanishga imkoniyati yo‘qdir. Bu boradi bizga mahallalardagi yoshlar yetakchilari ko‘maklashadi. Ular ommaviy sportni keng targ‘ib qilishda yordam berishadi. Buning uchun biz alohida reja-grafikni ishlab chiqqanmiz. Har bir xonadonga yoshlar yetakchilari kirib, reja-grafikni aholiga yetkizishda yordam berishadi. Reja-grafigida sport musobaqasi vaqti va sanasi, manzili kabi ma’lumotlar kiritilgan.

Infratuzilmaga to‘xtaladigan bo‘lsak, albatta bu ham og‘riqli masala. 9 ming 309 ta mahallarning barchasida ham katta futbol maydonlari bor deya olmaymiz. Bunga bosqichma-bosqich erishiladi. Agar mahallada sport maydonchasi bo‘lmasa, ular maktab stadionlaridan foydalanishlari mumkin.

Bu borada biz “Besh tashabbus olimpiadasi”ni olib borishda Xalq ta’limi vazirligi bilan ham hamkorlik qilyapmiz.

Olimpiada musobaqalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz saralash bosqichlaridan o‘tib Respublika bosqichiga yetib kelishadi. Final musobaqalari 30 iyun –Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladi.

<iframe width="1350" height="488" src="https://www.youtube.com/embed/OB7yXW036VM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva,

Nishonboy Abduvoitov (video) O‘zA