English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi” ishtirokchilarining yutuqlari sarhisob qilindi
18:20 / 2026-01-05

Ma’lumki, Prezidentimizning 2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari yo‘lga qo‘yilgan.

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning joriy yilgi mavsumida birinchi marotaba mahallalardagi 30 yoshdan katta bo‘lgan aholi o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, vorkaut, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha 3 bosqichli musobaqalar ham tashkil etildi.

Hududlarda yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarib kelayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yil davomida qizg‘in davom etdi. Yillik hududiy natijalar esa buning yaqqol isboti.  

Yil so‘ngiga qadar “Zakovat”, “Mohir fortepianochi”, “Yosh kitobxon oila” va “Kasblar tanlovi” kabi katta tanlovlarning respublika bosqichlari o‘tkazildi va yangi qahramonlar kashf etildi.

Yoshlar ishlari agentligi qaysi hudud yoshlari nechta medalni qo‘lga kiritganini e’lon qildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA