Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” mavsumiga start berildi.
Tadbirda Nukus shahridagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, talaba-yoshlar, sportchilar va sport sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri Ye. Qutibayev va boshqalar so‘zga chiqib, “Besh tashabbus olimpiadasi” ning ahamiyati, yoshlar salomatligini mustahkamlashda sportning tutgan o‘rni va shu kabi tashabbuslarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta’siriga haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Ta’kidlanganidek “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirish, shuningdek, mamlakatimizda sport va jismoniy tarbiya tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday keng ko‘lamli sport sinovlari kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali har bir yoshning sog‘lom turmush tarziga intilishi mustahkamlanadi. Shuningdek, u talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi.

Tadbir doirasida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri