English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblari taqdirlandi
11:08 / 2023-10-25

Farg‘onada “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalari yakuniga yetdi.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanadiganlarning sonini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shular jumlasiga “Besh tashabbus olimpidasi”ning sport musobaqalarini ham kiritish mumkin.

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida mazkur musobaqaning viloyat saralash bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov so‘zga chiqib, barcha g‘oliblarni tabrikladi. U mazkur bosqichda o‘n ming nafardan ziyod talaba ishtirok etgani, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sportning o‘rni xususida gapirib, farg‘onalik talabalarga ushbu musobaqalarning respublika bosqichida omadlar tiladi.

Shundan so‘ng oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkazilgan viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba yoshlarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

– Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan mazkur kichik olimpiada kelajagimiz vorislari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, yigit-qizlarni ommaviy sportga jalb etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilashda, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega, – deydi Farg‘ona davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zokirjon Rahimov. – Ushbu o‘ziga xos kichik olimpiadada universitetimiz talabalari munosib ishtirok etdi. Stol tennisi, yengil atletika, mini-futbol, voleybol, stritbol kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda yoshlarimiz yuqori o‘rinlarni egalladi. Buxoroda bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda ham farg‘onalik yoshlarimiz yaxshi natijalarni qayd etishadi, deb umid qilamiz.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri