Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Talaba-yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar tezkorlik va mahorat maydoni bo‘ldi.



Quyida musobaqa g‘oliblari bilan tanishasiz:
Yongil atletika:
1.Qashqadaryo — Shahrisabz davlat pedagogika instituti
2.Xorazm — Urganch davlat universiteti
3.Namangan — Namangan davlat pedagogika instituti
Stol tennisi (qizlar):
1. Andijon — Andijon davlat universiteti
2. Farg‘ona — Farg‘ona davlat universiteti
3. Jizzax — O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Stol tennisi (o‘smirlar)
1. Toshkent shahri — Toshkent davlat tibbiyot universiteti
2. Andijon — Andijon davlat pedagogika instituti
3. Xorazm — Urganch davlat universiteti
Stritbol (qizlar)
1. Jizzax — Jizzax davlat pedagogika universiteti
2. Qashqadaryo — Xalqaro innovatsion universiteti
3. Navoiy — Navoiy davlat universiteti
Stritbol (o‘smirlar)
1. Sirdaryo — Guliston davlat universiteti
2. Toshkent viloyati — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
3. Buxoro — Buxoro davlat universiteti
Mini-futbol
1. Sirdaryo — Guliston davlat universiteti
2. Surxondaryo — Termiz davlat universiteti
3. Farg‘ona — Farg‘ona davlat universiteti
Gulistondagi sport bayrami talabalarning jismoniy tayyorgarligi, irodasi va sportga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyon etdi. Musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA