"Besh tashabbus olimpiadasi": futbol bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi final o‘yinlari o‘tkazildi
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yoshlar o‘rtasida turli xil musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, olimpiada davomida futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasi Toshkent shahar bosqichi final bahslari bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan futbol musobaqalarida 1-o‘rin Chilonzor tumani, Qozirobod MFY jamoasiga, 2-o‘rin Shayxontohur tumani, Gulobod MFY jamoasiga hamda 3-o‘rin Yunusobod tumani, Oqtepa MFY jamoasiga nasib qildi.

G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA