FOTOREPORTAJ
Respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Surxondaryo viloyatida ham “Besh tashabbus olimpiadasi va paralimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga tantanali start berildi.
Termiz shahridagi Kurash majmuasida tashkil etilgan ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, faol yoshlar, o‘quvchilar, sportchilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbir doirasida respublikaning barcha hududlari onlayn formatda ulanib, musobaqaning rasmiy ochilish marosimida masofadan turib qatnashdi.
[gallery-27805]
Qayd etilganidek, loyihaning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, shuningdek, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan iqtidorli sportchilarni saralab olishdan iborat.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA