Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus” g‘oliblari taqdirlanishdi
15:51 / 2025-11-04

Davlatimiz rahbarining 5 ta muhim tashabbusini hayotga tatbiq etish doirasida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” mamlakat yoshlari o‘rtasida katta ahamiyat kasb etayotir. Jizzax viloyatida mazkur olimpiadaning shahar va tuman bosqichlari yakuniga yetmoqda.

Xususan, Mirzacho‘l tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan bosqichda yoshlar o‘z iqtidori, bilimi va salohiyatini namoyon etishdi. Bellashuvlar yakunida faol ishtirok etgan, yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlanishdi.

Marosimda tuman hokimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, shuningdek bolalar va o‘smirlar sport maktabi rahbarlari hamda ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etishdi. Ular yoshlarning faolligini yuqori baholab, g‘olib va faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirishdi.

Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarni ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishga undaydi. Shu bilan birga, bu kabi tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik, mas’uliyat va ijodkorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

O‘z yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh sportchilar viloyat bosqichidan o‘z iqtidorlarini namoyish etadilar.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari