Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh muhim tashabbus Milliy gvardiya yetakchiligida
15:12 / 2019-11-04

FOTOREPORTAJ


Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkor tashkilot va vazirlik vakillari bilan birgalikda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan hafta mobaynida yoshlar o‘rtasida madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlarida hamda kitob o‘qish va axborot texnologiyalariga qiziqishni oshirishga qaratilgan bir qator madaniy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining sport majmuasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan 10, 11-sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlarning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati, Jizzax shahrida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Bolalar ijodiyoti festivali”, Surxondaryo viloyati bo‘linmasida “Vatan muqaddas – uni himoya qilish sharafli burchdir!” g‘oyasi asosida “Harbiy bo‘lish mening orzuim!” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari yoshlar ittifoqi yetakchilari va yo‘nalish sardorlari o‘rtasida “Yugurish marafoni”, Toshkent viloyatida “Eng yaxshi sportchi oila” tadbirlari va Harbiy-texnik instituti tashabbusi bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha Olmazor tumani birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Barcha tadbirlar yuqori saviyada tashkillashtirilib, 4 mingdan ortiq yosh qamrab olindi. Barcha musobaqalar va tadbirlar yakunida Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy boshqarma mutasaddi rahbarlari tomonidan g‘oliblar va faol yoshlar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.