English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh mingdan ortiq umumta’lim maktabi qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tadi
13:59 / 2021-08-27

Mamlakatimizda qog‘oz jurnallardan voz kechib uning elektron talqini – «Kundalik»ka o‘tayotgan maktablar soni ortib bormoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining ta’lim tashkilotlari yangi o‘quv yilida qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tadi. Ayni paytda jami ro‘yxatda 5 mingdan ortiq maktab bor.

Xalq ta’limi vazirligining qaroriga ko‘ra, yangi 2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari gibrid shaklda ishlashni davom ettiradi. Ushbu o‘quv shakli 2020/2021 o‘quv yilida qo‘llanilgan, Kundalik raqamli ta’lim platformasida O‘zbekistondagi maktablarda masofadan o‘qitishni tashkil etish uchun zarur imkoniyatlar mavjud. Bu o‘quvchilarga uy sharoitida o‘quv jarayonini to‘xtatmaslik, fanlarni mustaqil o‘qish, uy vazifasini yuborish, yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish va o‘qituvchilar bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi.

Faqatgina elektron jurnaldan foydalanishga o‘tgan maktablarda bolalar uchun baholar, dars jadvallari hamda uy vazifalari elektron kundaliklarda aks ettiriladi.

– Biz maktabga tayyorgarlik jarayonida ota-onalarga qog‘oz kundalikni sotib olmaslikni tavsiya qilamiz, chunki qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tgan maktablarda qog‘oz kundaliklar ishlatilmaydi, – deydi Kundalik kompaniyasining matbuot kotibi Malika Reymbayeva. – Buning o‘rniga, bir kalendar yil uchun amal qiladigan «Kundalik»ka obunani rasmiylashtirish kerak. 2021/2022 o‘quv yilida obuna narxi kamaytirildi va bir kalendar yili uchun amal qiladigan narx 8 ming 600 so‘m miqdorida belgilandi.

O‘qituvchilar uchun Kundalik. Jurnal ilovasi mavjud bo‘lib, uni “Play Market” va “App Store”dan yuklab olish mumkin. Ilova yordamida pedagoglar internetga ulanmasdan ham jurnal bilan ishlashi mumkin. Yaqin orada ota-onalar hamda o‘quvchilar uchun ham ilova taqdim etiladi.

 

B. Meliqulova, O‘zA