Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beruniyning ustozi 12 ta asarini nega shogirdiga atab yozgan edi? (+video)
11:02 / 2024-10-17

Ustoz

Inson uchun eng birinchi o‘rinda turadigan narsa bu ilm emas, ibodat emas, uning odobidir. Agar insonning odobi bo‘lmasa, uning ilmidan ham, mavqeidan ham foyda yo‘q.   

Abu Rayhon Beruniyning ustozi, mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq o‘zining 12 ta asarini shogirdi Beruniyning nomiga bag‘ishlab yozgan. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmagan. Albatta, u shogirdining odobi, ustozga bo‘lgan mehr-muhabbati va iqtidorini ko‘rib turib, o‘z asarlarini shogirdiga bag‘ishlagan.   

O‘qituvchi odamni hayvondan farqi bo‘lgan ruhiyatini, aqlini kamolga yetkazadi, shogirdining ma’naviy ustunligini ko‘rishni xohlaydi.   

Ba’zan o‘quvchi o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan holatlarga duch kelyapmiz. Bu eng yomon illat, dunyodagi eng salbiy holatdir. Nahotki, harf o‘rgatgan, dunyoni tanitgan insonga qo‘l ko‘tarish mumkin...   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/THwX20N_dw0" title="Beruniyning ustozi 12 ta asarini nega shogirdiga atab yozgan edi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

“Ustoz” loyihasining mehmoni, Xorazm Ma’mun akademiyasi laboratoriya mudiri, senator Gavhar Durdiyevaning ushbu fikrlari har birimizni ustozni qadrlashga, ardoqlashga, ma’naviyatli-madaniyatli bo‘lishga undaydi.   

M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA