Beruniyda tibbiy aksiya tashkil etildi
Beruniy tumanida “Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun” shiori ostida tibbiy aksiya tashkil etildi.
Beruniy tumanida “Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun” shiori ostida tibbiy aksiya tashkil etildi.
Tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan aksiya dastlab chekka hududlar “Oltinsoy” va“Beruniy” ovul fuqarolar yigʻinlarida boʻlib oʻtdi.
Aksiya davomida malakali shifokorlar zamonaviy diagnostik uskunalar yordamida qishloq aholisini tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi, zarur maslahat va tavsiyalar berdi.Keksa insonlar, tugʻish yoshidagi ayollar, bolalar va yoshlar salomatligi ayniqsa, eʼtibor markazida boʻldi.
Tuman hududlari boʻylab aksiya davom etmoqda.


