Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berluskoni senator bo‘ldi
17:14 / 2022-09-26

Italiyaning sobiq Bosh vaziri, “Olg‘a, Italiya” partiyasi yengilmas yetakchisi Silvio Berluskoni Senat a’zoligiga saylandi. Bu haqda Italiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

85 yoshli siyosatchi bir mandatli Monza (Lombardiya viloyati) saylov okrugida ko‘p ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Endi uning Senat raisi bo‘lishi ehtimoli ham bor. Bu hokimiyat iyerarxiyasida prezidentdan keyin ikkinchi lavozim.

Berluskoni 2013 yil sudlarda firibgarlik ishi bo‘yicha yakuniy hukm tasdiqlangach, Senatdan chiqarib yuborilgan edi.

29 sentyabr kuni Berluskoni 86 yoshga to‘ladi.

O‘zA