Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berluskoni Senatga bo‘ladigan saylovda qatnashish istagida
16:26 / 2022-08-10

Italiyaning sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda parlamentning yuqori palatasi (Senat)ga nomzodini qo‘yishi haqida ma’lum qildi.

“Fort Italiya” a’zolarining ham qat’iy murojaatidan keyin Senatga nomzodimni ko‘rsatishga qaror qildim, biz hammani dog‘da qoldirishimizga ishonaman”, dedi 85 yoshli keksa siyosatchi “Radio-1” muxbiriga.

Berluskoni markaz koalitsiyasining “Fort Italiya” partiyasida doimiy rahbar. Mazkur koalitsiya uchun barcha ijtimoiy so‘rovlar uning mutlaq g‘alabasini bashorat qilmoqda.

21 iyul kuni mamlakat Bosh vaziri Mario Dragi uni qo‘llab-quvvatlagan keng virtual koalitsiya qulashi ortidan iste’foga chiqdi. Prezident Serjo Mattarella parlamentni tarqatib yubordi va 25 sentyabrda muddatidan avval saylov o‘tkazishga qaror qildi.

O‘zA