English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berlinda o‘nlab politsiya itlari xizmatdan chetlatildi
10:02 / 2022-01-06

Germaniyada jonivorlarga shavqatsiz munosabatda bo‘lishni taqiqlovchi qonun chiqqanidan so‘ng Berlinda o‘nlab politsiya itlari xizmatdan chetlatildi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Bunda gap huquqni himoya qiluvchi organ hodimlari jinoyatchilarni tutish jarayonida xizmatdagi itlarga bo‘yinbog‘ solishi haqida ketmoqda. 

Yangi qonunga ko‘ra, itlarni tasma bilan bog‘lash  taqiqlanadi. 

Shuning uchun Berlin politsiyasi jinoyatchilarni izlash, narkotik va portlovchi vositalar, shuningdek yo‘qolgan odamlarni topishda asqotuvchi 130 ta xizmat itlarining 49 tasini xizmatdan chetlatishga qaror qildi. Huquq himoyachilari qonunga mos keluvchi yangicha yo‘lni topishga harakat qilmoqda.