Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berlinda avtomobil odamlarning orasiga kirib ketdi
18:34 / 2022-06-08

Bugun Berlinning g‘arbida yengil avtomobil olomon orasiga kirib ketdi.

Mahalliy qutqaruv xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida bir nafar kishi halok bo‘lgan, sakkiz nafari jarohatlangan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi.

Germaniya poytaxti politsiyasining qayd etishicha avtohalokatni sodir etgan avtomashina haydovchisi qo‘lga olingan. Huquq-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, voqea baxtsiz hodisami yoki haydovchi transport vositasini qasddan olomon tomonga boshqargani tufayli ro‘y berganmi, hozircha noma’lum. 

 
Deutsche Welle materiallari asosida 
Gulrux Abdullayeva tayyorladi, O‘zA