Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berlin Grenlandiya masalasida AQSHga qarshi
12:14 / 2026-01-19

Germaniya Donald Trampning Grenlandiya masalasida Yevropaga bosim o‘tkazish siyosatini ochiqchasiga istehzo bilan qarshi olib, xavfli deb atadi. AQSH Prezidenti Daniyani orolni sotishga majburlash uchun Yevropadagi ittifoqchilarga tarif bilan tahdid qilarkan, Berlinning sabr kosasi to‘ldi, deb yozgan "Reuters".

Eksportga tayangan GFR iqtisodiyoti uchun bu bosim og‘ir zarba. Avtomobilsozlik, mashinasozlik va kimyo sanoati allaqachon savdo keskinligi oqibatini boshdan kechirmoqda. Sanoatchilar ogohlantirishicha, agar Yevropa bugun yon bersa, ertaga yanada mantiqsiz talablar qo‘yiladi.

Germaniya muhandislar va savdo palatalari Trampning siyosiy maqsadni iqtisodiy jazo bilan bog‘lashini qabul qilib bo‘lmas holat sifatida baholadi va Bryusseldan qat’iy, yagona javob talab qildi. Xususan, tarixda ilk bor “aksil majburiy chora mexanizmi” ishga solinishi mumkin.

Tarif siyosati allaqachon aniq raqamlarda sezilmoqda: "Folksvagen" milliardlab yevro zarar ko‘rishi mumkin, "Mercedes" va "Porsche" bosim ostida, BASF esa eksport inqiroziga duch kelmoqda. AQSH hamon Germaniyaning eng yirik bozori esa-da, savdo hajmi pasaymoqda.

Berlin uchun masala faqat Grenlandiya emas, balki ko‘hna qit’aning siyosiy mustaqilligi, iqtisodiy suvereniteti va bosimga qanday javob berishi borasidagi sinov masalasidir.

Musulmon Ziyo, O‘zA