Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berlin-Brandenburg aeroporti yopildi
18:27 / 2026-02-06

Germaniyadagi Berlin-Brandenburg xalqaro aeroporti noqulay ob-havo sharoiti sabab faoliyatini to‘xtatdi. Uchish-qo‘nish yo‘laklarida kuchli yaxmalak yuzaga kelgani tufayli qo‘nalg‘a 5 fevral kechqurun samolyot qabul qilish va jo‘natishni butunlay to‘xtatgan. 6 fevral kungi parvozlar hammasi bekor qilingan.

Aeroport ma’muriyati yerni qoplagan muzga ishlov berish amaliyoti hozircha samara bermayotganini ta’kidlagan.

Darvoqe, Berlin-Brandenburg GFRning uchinchi eng yirik va gavjum aeroporti hisoblanadi.

D.Hakimov, O‘zA