Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Berbok Isroilni xalqaro qonunlarga rioya qilishga chaqirdi
10:45 / 2023-12-06

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Isroilni G‘azo sektoridagi keskin gumanitar vaziyat munosabati bilan xalqaro huquqni hurmat qilishga chaqirdi, deb yozdi “Deutshe Welle”.

– Isroilda insonparvarlikni himoya qiluvchi xalqaro qonunlarni hurmat qilish, oddiy aholining azob-uqubatini yengillashtirish va himoya qilish majburiyati mavjud, – deya ta’kidlagan Berbok. – Ko‘plab falastinliklar allaqachon Isroil va XAMAS o‘rtasidagi hozirgi mojaro qurboniga aylandi.

Shu bilan birga Germaniya TIV rahbari “Isroil xavfsizligiga XAMAS tomonidan tahdid davom etmasligi” va arab davlatlari buni tan olishlari kerakligini ham aytgan. Isroil chaqirig‘i bilan yuz minglab kishilar G‘azo janubiga yo‘l olganini eslatgan Berbok “Isroil odamlar uchun xavfli hududdan chiqib ketish imkoniyatini ta’minlashga javobgar ekani, bu nafaqat nazariy jihatdan, balki amalda ham sodir bo‘lishi zarurligini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, XAMAS jangarilarining o‘q uzishda davom etishi “Isroilni G‘azodagi aql bovar qilmas azob-uqubatni yengillashtirish, begunoh aholi, bolalar, oilalarni himoya qilish mas’uliyatidan ozod qilmaydi”.

Shuningdek, Berbok G‘azo sektori shimoliga gumanitar yordam yetkazib berishni davom ettirishga chaqirdi.