Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beparvolik keltirib chiqaradigan xatarlar
19:32 / 2026-01-23

Jizzax shahri va Zomin tumanidagi umumta’lim maktablarida viloyat prokuraturasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari ishtirokida maktab jamoasi, ota-onalar va mahalla yettiligi a’zolari bilan voyaga yetmaganlar tarbiyasi, ularni nazoratsiz va qarovsiz qoldirish oqibatlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi. Unda bolalar tarbiyasi masalasiga jamiyat xavfsizligi nuqtai nazaridan yondashildi.

Voyaga yetmaganlar tarbiyasidagi sustkashlik va bolalarni nazoratsiz qoldirish bugun faqat oilaviy muammo emas, balki keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan jiddiy ijtimoiy masalaga aylanmoqda. Ayrim hollarda bunday beparvolik huquqbuzarlik va jinoyatchilikka olib kelayotgani tahliliy ma’lumotlar orqali ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

[gallery-27277]

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tahlillar 2025 yil davomida va joriy yilning o‘tgan davrida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning asosiy qismi ota-ona nazorati yetishmasligi, tarbiyadagi bo‘shliq hamda salbiy muhit ta’siri bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqda. Har bir holat atroflicha o‘rganilganda, muammoning ildizi ko‘p hollarda ta’lim muassasasidan emas, balki oila va mahallada shakllanayotgani aniqlanmoqda.

Shu bois, ta’lim muassasalari, ota-onalar va mahalla faollarining hamjihatligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Farzand tarbiyasida mas’uliyatni faqat maktab zimmasiga yuklab qo‘yish emas, balki ota-onalikning huquqiy va ma’naviy javobgarligini chuqur anglash muhim. Aks holda, e’tiborsiz qolgan  bola ertaga butun jamiyat uchun og‘riqli muammoga aylanishi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, avvalo, profilaktikadan — ya’ni tarbiya, doimiy nazorat va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratishdan boshlanadi. Bu esa davlat idoralari bilan bir qatorda, har bir oila va mahallaning ongli yondashuvini talab qiladi.

A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari