Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beparvolik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin
07:37 / 2021-03-23

Toshkent viloyatining tuman va shaharlari aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasini yuqtirayotganlar soni ortishi kuzatilmoqda.

Xususan, o‘tgan 6 kun mobaynida Toshkent va Qibray tumanlarida 14 nafardan, O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrida 5 nafardan, Chirchiq shahrida 9 nafar va Zangiota tumanida 4 nafar kishi infeksiyaga chalingan.

Viloyatdagi tibbiyot muassasalarida o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, jami 970 nafar bemorga mo‘ljallangan zaxira o‘rinlari hozirlangan. COVID-19 kasalligini boshidan o‘tkazgan fuqarolar uchun tibbiyot muassasalarida 330 ta reabilitatsiya o‘rinlari mavjud. Kasallarni davolash uchun ishlatiladigan 49 turdagi jami 2 milliard 908 million so‘mlik dori vositalari ham jamlangan.

Hududlardagi har bir korxona va tashkilotlarda infeksiya tarqalishining oldini olishning keskin choralari ko‘rilmoqda. Barcha jamoat joylarida fuqarolardan tibbiy niqobda yurish, antiseptik vositalardan foydalanish, o‘zaro muloqotlarda ijtimoiy masofani saqlash mezonlari talab etilayotir.

Beparvolik va xotirjamlikka berilish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

A. Musayev, O‘zA