Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Benzin narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha aytilgan va’dalar bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda
19:48 / 2021-11-27

Ko‘rilgan choralar natijasida so‘nggi o‘n kun ichida AI-80 benzinining chakana narxlari pasayishi dinamikasiga erishildi.

Birja savdolarida raqobat muhiti yaratilishi, ya’ni xususiy yoqilg‘i quyish shahobchalarining birja savdolarida ishtirok etish imkoniyati oshganligi hisobiga o‘rtacha birja narxlari 1 tn uchun 10 129,4 ming so‘mdan 8 101,2 ming so‘mgacha, ya’ni  20 foizga pasaydi, bu esa chakana narxlariga ham ijobiy ta’sir qilishni boshladi.  

26-27 noyabr kunidan boshlab ayrim AYOQSHlar tomonidan benzin 6500-6900 so‘m diapazonida sotilishi boshlandi va albatta narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.  

O‘zA.