Benazir kuy-qo‘shiqlar tarannumi
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Guliston shahrining yozgi amfiteatr maydonida O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomidagi milliy estrada-simfonik orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
O‘ziga xos san’at va madaniyat kechasida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san’at namoyandalari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Mohir ijrochilar tomonidan tarannum etilgan o‘zbek milliy san’atining oltin fondidan joy olgan, Sharq folklori va zamonaviy estrada san’ati uyg‘unligidagi benazir kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.
[gallery-17876]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA