Buyuk britaniyalik jurnalist Ben Aris “bne intelliNews” nashrida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. U suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yuksak saviyada o‘tkazilganini e’tirof etish asnosida avvallari mamlakatimizda bo‘lgan muammolar haqida ham to‘xtaldi.
- Yurtingizda bundan yigirma besh yil avval bo‘lganman. O‘shanda iqtisodiy jurnalda ishlardim. Bugun O‘zbekistonga ko‘plab investorlar kelmoqda. Sarmoya kiritish, biznes yuritish uchun juda maqbul sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu mamlakat resurslarga boy, tabiiy zahiralari mo‘l, salohiyati ulkan, mevalari shirin-shakar diyor.
Besh yil avval barchasi butkul boshqa tomonga, ijobiy tarafga o‘zgardi. Iqtisodiyot o‘zgarmoqda.
Saylov uchastkalarida bo‘lib, oddiy odamlar bilan gaplashib, islohotlar, barcha o‘zgarishlar ular hayotida aks etayotganini angladim. Rosti, bundan yigirma besh yillar avval xorijliklarga "nega, nima maqsadda kelding, nega rasmga olayapsan?" qabilidagi savollar ham ko‘p berilardi. Endi bari barham topdi. Biz o‘zimizni o‘z uyimizdagidek his qilyapmiz. To‘g‘ri, hali kichik va o‘rta biznes, kreditlash borasida muammolar ham yo‘q emas. Lekin ular muayyan vaqt davomida bartaraf etilishi tayin. O‘zbekistonda yangilanishlar endi boshlanmoqda axir! Muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topib ketadi, albatta.
Avval ko‘p cheklovlar bor edi. Mamlakatning ichki hayotida ham ancha yengilliklar, sezilarli demokratik o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Endi men bu yurtda o‘zimni o‘z uyimdagidek his etayapman.
O‘zA muxbiri Nazokat Usmonova yozib oldi.