Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda
10:54 / 2023-06-09

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 375 o‘rinli statsionar shifoxona va 200 qatnovga mo‘ljallangan konsultativ poliklinikaga ega.

Shifo maskanida gastroenterologiya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya va allergologiya, revmatologiya, nevrologiya, abdominal-xirurgiya, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya, urologiya, otolaringologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi, yiringli xirurgiya, ko‘krak qafasi va qon tomir xirurgiyasi, reanimatsiya-anesteziologiya, intensiv terapiya  bo‘limlari ishlab turibdi.  Barcha bo‘limlar zarur tibbiy jihozlar, anjom va uskunalar bilan ta’minlangan.

[gallery-12265]

Markazning konsultativ poliklinika bo‘limi yiliga 70-75 ming nafar bemorga xizmat ko‘rsatmoqda. Unda buyrak, oshqozon-ichak va jigar, artrit, bosh miya qon-tomir, o‘pka, allergik va boshqa kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar malakali shifokorlar tomonidan davolanmoqda.  

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA