Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bemorlar manfaatlari hamma narsadan ustun! (+video)
22:31 / 2023-12-12

Xizmat ko‘rsatishda eng avvalo sifatli xizmat, to‘g‘ri va tez tashhislash uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan ultrazamonaviy klinika yaratishni maqsad qilgan shifokorlar jamoasining faoliyatiga 25 yil to‘ldi. Klinika 1996 yilda tashkil etilgan bo‘lib, birinchi bo‘lib MRT va MSKT uskunalari o‘rnatgan shifohona hisoblanadi.

Klinikaning rivojlanish tarixi aslida O‘zbekistonda xususiy tibbiyotning shakllanishi va rivojlanishi tarixi bilan bog‘liq. MDS Service tomonidan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kompyuter tomografiyasi skanerlari kundalik amaliyotga joriy qilingan va xususiy shoshilinch tibbiy yordam xizmatini birinchilardan bo‘lib tashkil etgan. 

1998 yil 13 oktyabrda Toshkent shahrida birinchi xususiy tez tibbiy yordam xizmati ish boshlagan. Tez tibbiy yordam brigadalarining harakat doirasi faqat Toshkent shahri chegaralari bilan cheklanib qolmaydi, balki respublikaning barcha, hatto eng chekka burchaklarini ham qamrab olingan. Shuningdek, bemorlardan uy sharoitida namunalar olib, og‘ir kasallarni mutaxassislar maslahati uchun olib borish xizmati, aniq tashxis qo‘yish uchun klinik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

“Bemorlarning manfaatlari hamma narsadan ustun!” so‘zlarini o‘zlariga shior qilib olgan klinika o‘ziga munosib ambassador O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, iqtidorli aktrisa Ra’no Shodiyevani tanladi. U bilan suhbatlashar ekanmiz, hayotimizning har bir lahzasida shifokorlarning o‘rni borligini aytib o‘tdi.

Batafsil

Ma’lumot uchun, klinikaning yillik bemorlar soni 126 000, yillik xizmatlar soni 138 000 bo‘lib, 20 000dan ortiq radiologik tadqiqotlar va 130 000dan ziyod laboratoriya sinovlarini o‘tkazib kelmoqda. Ko‘p yillik tajribali shifokorlar jamoasi har bir bemorga alohida mehr va e’tibor bilan qarar ekan, bemorlarning sog‘ligini himoya qilish uchun barcha sa’y-harakatlar qilishga tayyor ekanliklarini kuzatdik. Klinikaning 25 yoshi bilan tabriklab, uning faoliyatiga omad tilab qolamiz!

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zhyBm6NUJV4" title="Bemorlar manfaatlari hamma narsadan ustun!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, D. Yakubov O‘zA