Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bemor shifokorlardan minnatdor
19:07 / 2025-06-24

Respublika Shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga 17 yoshli bemor og‘ir ahvolda nafas olishning qiyinlashishi shikoyati bilan murojaat qildi.

– Mutaxassis jarrohlar tomonidan bemorda zudlik bilan o‘ng ko‘krak bo‘shlig‘iga “torakotsintez” qo‘yilib qisilib turgan havo chiqarilishi ta’minlandi. Olib borilgan yuqori texnologik torakoskopik usul orqali operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi.  Hozirgi vaqtda bemorning ahvoli qoniqarli, – deydi filial direktori M. Rajabov.

Avvallari ushbu turdagi operatsiyalar ko‘krak qafasini ochib, murakkab jarayonlar  bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda mutaxassislarning bilim va tajribasi oshganligi sababli “bulla”larni olib tashlash operatsiyalari oddiy usulda ijobiy natijalar bermoqda. 

Kishi tanasidagi erkin havoning ko‘krak qafasiga yig‘ilishi natijasida o‘pkaning qisilib qolishi va nafas olishning qiyinlashishi bo‘yicha murojaat qilinishi o‘n yil davomida ikkinchi marotaba kuzatilmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.