Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bemor bolalarga beg‘araz ko‘mak
17:34 / 2024-06-02

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish stansiyasida «Bor mehrimiz senga, bolajon!» shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

[gallery-17670]

Shunday xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi har yili ikki marta mazkur aksiyani o‘tkazishi an’anaga aylangan.

Tadbir davomida yuzlab ko‘ngillilar donorlik qildilar. Ayniqsa,  aksiyada partiya faollari, mahalliy Kengashlar deputatlari, oliy ta’lim muassasalari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va harbiy sud xodimlari, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari faol qatnashdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA