Bemor bolalar va ayollarga yangi yil sovg‘alari (+video)
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va viloyat onkologiya dispanserida bo‘lib, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bolajonlar hamda ayollar holidan xabar oldi.
Zamonaviy usulda jihozlanib, bolajonlarning salomatligini muhofaza qilish uchun barcha qulaylikka ega bo‘lgan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida 230 dan ortiq o‘g‘il-qiz yangi yilni kutib olmoqda. Tubdan rekonstruksiya qilingan viloyat onkologiya dispanserida 40 nafar bemor davolanayotir.
Viloyat rahbari shifoxonalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Shifokorlar va bemorlar bilan suhbatlashdi. Davolanayotgan bolalar va ayollarni yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularning tezroq sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi. Bayram sovg‘alarini topshirdi.
<iframe width="866" height="487" src="https://www.youtube.com/embed/PZ1pntes1GY" title="Bemor bolalar va ayollarga yangi yil sovgʻalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri