Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bemor bolajonlarga beg‘araz donorlik yordami
16:53 / 2023-12-04

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan yurtdoshlarimiz e’tiboridan munosib joy olib, har yili an’anaga aylanib borayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” beg‘araz donorlik aksiyasi bemor bolajonlarni sog‘lom hayotga qaytarib, barkamol insonlar bo‘lib kamol topishida va ularning jamiyatda munosib o‘rinlarni egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan donorlik aksiyasida Xorazm viloyat Qon quyish markazida ertalabdan ko‘plab ko‘ngilli yurtdoshlarimiz, viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan nufuzli tashkilot va davo maskanlaridan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali, Ko‘p tarmoqli viloyat tibbiyot markazi, Ko‘p tarmoqli viloyat Bolalar tibbiyot markazi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Urganch shahridagi harbiy qism, tashkilotlardan ko‘ngillilar, partiya faollari, deputatlar faol ishtirok etdi.

Donorlar beg‘araz yordam ko‘rsatuvchi ezgu niyatli insonlardir. Chunki ular qonga muhtoj minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi.

– Har yili partiya tashabbusi bilan tashkil etib kelinayotgan donorlik aksiyasida ishtirok etamiz,– deydi harbiy qism tibbiyot punkti boshlig‘i Og‘abek Jumaniyozov. – Aksiyada 50 nafarga yaqin jamoamiz a’zosi viloyat Qon quyish markaziga kelib, qon topshirish talablariga rioya qilgan holda qon topshirishda davom etmoqda. Topshirgan qonlarimiz bemor bolajonlarni sog‘lom hayotga qaytarishda asqatishini juda-juda istaymiz.

Topshirilgan qonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Gemotologiya” bo‘limida davolanayotgan bemor bolalarga yetkazildi.

Davlat rahbarining 2022 yil 9 avgustdagi “Respublika qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida qon quyish stansiyalari faoliyati takomillashtirilmoqda, zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlanmoqda. 

Nilufar Sobirova, bemor bolajonning onasi:

– Farzand kasal bo‘lsa, ota-ona uchun undan og‘iri bo‘lmasa kerak. Ikkala farzandim ham tug‘ilganidan nasliy gemolitik talosmiya kasalligi bilan og‘rib keladi. Katta miqdordagi mablag‘ evaziga farzandlarimni 13 yil bo‘ldi davolatib kelamiz.

Moddiy qiyinchiliklar ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Bugun farzandlarimga partiya faollari tomonidan beg‘araz donorlik qilishdi. Mushkulimiz bir oz bo‘lsada yengillashdi. Insonlari qadr topgan yurtimdan minnatdorman. 

Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilayotgan bu kabi saxovat amallari farzandlarimizning sog‘lom, baquvvat va barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida hamda mamlakaktimizda insonlar qadrini ulug‘lashga xizmat qilishi muqarrardir. 

Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri