Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bemor bolajonlar shod bo‘ldi
17:22 / 2022-12-29

Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Yangi yil bayrami tashkil etildi.

Markazdagi bo‘limlarda uzoq muddatli davolanayotgan ehtiyojmand oilalar farzandlariga qorbobo-qiz ishtirokida bayram sovg‘alari ulashildi.  

 Viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari ishltirokida markazda davolanayotgan 450 nafar bolajon uchun teatrlashtirilgan tomosha tashkil etildi. Bayram dasturxoni yozildi. Ushbu ezgu tashabbus bemor bolalar va ularning ota-onalarida katta taassurot qoldirdi.  

 Ma’lumot o‘rnida markaz 465 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 17 ta davolash bo‘limi, maslahat poliklinikasi shuningdek, 7 ta yordamchi bo‘lim aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, qabul qilish va tekshirish bo‘limlari, nurli diagnostika, klinik bioximik-laboratoriya, markaziy mikrobsizlantirish bo‘limi, dorixona, parhez taom tayyorlash bo‘limlari ham bemorlar ixtiyorida. Bemor bolalardagi kasalliklarni aniqlash va tashxis qo‘yish, sifatli davolash uchun 136 nafar birinchi, ikkinchi va oliy toifali shifokor, 498 nafar hamshira, 319 kichik xodim faoliyat yuritmoqda. Ular orasida tibbiyot fanlari nomzodlari, 2-darajali “Sog‘lom avlod”, “Do‘stlik” ordeni sohiblari bor. 

 O‘lmas Barotov, O‘zA.