Bellashuvlarni havaskor triatlonchilar boshladi
Samarqand shahridagi "Silk Road Samarkand" xalqaro turizm markazida triatlon bo‘yicha «Challenge Samarkand-2025» xalqaro musobaqasi boshlandi.
Bugun dastlab havaskor sportchilar o‘rtasida sprint toifasidagi bahslarga statr berildi.

Ishtirokchilar sprint yo‘nalishida 750 metrga suzish, 19 kilometr velepoyga va 5 kilometrga yugurish bahslarida kuch sinashdi.

Shuningdek, musobaqa doirasida bolalar va ayollar poygasi o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida havaskor tritlonchilar hamda turli yosh toifasida yakkalik va jamoaviy bahslarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi Yelena Kun hamda “Challenge Family” musobaqalari bosh direktori Jort Vlam taqdirladi.
G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri