Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Serbiya poytaxti Belgrad shahrida saylovlarni kuzatish bo‘yicha uzoq muddatli kuzatuvchilarni tayyorlash o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
5 kunlik o‘quv seminarlari davomida ishtirokchi davlatlar vakillari saylovlarni kuzatishning demokratik tamoyillari xususida axborot olishadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot kotibi M.Alimbayev ham YeXHT DIIHBning ushbu kursida ishtirok etmoqda.
YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasining maqsad va vazifalari, saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchilarning roli, uzoq muddatli kuzatuvchilarning saylov jarayonlarini kuzatish bosqichlari, tizimi, qisqa muddatli kuzatuvchilarning vaziflari, YeXHT DIIHB odob-axloq qoidlari va xalqaro huquq normlari bo‘yicha bilimlarini oshiradi.
O‘quv seminarini tamomlagan ishtirokchilar dunyoning turli burchaklarida o‘tkaziladigan saylovlarda YeXHT DIIHB kuzatuv missiyalarida ishtirok etadi.
O‘zA