Belgiyada ukrainalik qochqinga yutuq chiqdi
Ukrainalik qochqin Belgiyada 500 ming yevrolik lotereya yutug‘ini qo‘lga kiritdi, deb xabar tarqatdi “RTL” telekanali Milliy lotereya tashkiloti vakiliga tayanib.
Jamg‘armani 18-24 yosh atrofidagi yigit qo‘lga kiritgan. Aniqlanishicha, u bir yil oldin Ukrainani tark etib, Belgiyaga ko‘chib o‘tgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni payt Bryusselda yashayotgan sovrindor omadli chiptani avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida besh yevroga sotib olgan.